Test yaratishdan baholashgacha – hammasi sun'iy intellekt yordamida!

Testlarni avtomatik generatsiya qilish, test kitobchalarni yaratish, natijalarni tezkor baholash va bilimlarni boshqarish.

Maktablar uchun
O'quv markazlari uchun
Repetitorlar uchun
Ustozlar uchun

Bu qanday ishlaydi?

Ushbu videoda tizim qanday ishlashi tushuntirilgan, ko'rishni tavsiya qilamiz.

Bizning xizmatlarimiz

Test kitobini yaratish

Tayyor test savollaridan foydalangan holda, sizga kerakli miqdorda va murakkablik darajasida avtomatik test kitobchalari yarating!

Tasodifiy tanlash - Har safar yangi va takrorlanmas testlar
Moslashuvchanlik - Faqat siz belgilagan sondagi savollar tanlanadi.
Tezkor yaratish - Bir necha soniyada test kitobchangizni oling.
Test kitobi
Milliy sertifikat javoblar varaqasi va test yaratish oynasi

DTM va Milliy sertifikat sinovlari

Rasmiy formatdagi sinov imtihoni: 45 ta topshiriq — 1–32 yopiq, 33–35 moslashtirish, 36–45 ochiq javobli. Natijalar Rasch modeli bo'yicha baholanadi.

Rasch modeli - Ball topshiriqlar qiyinligini hisobga olib hisoblanadi, guruhlarni solishtirish mumkin.
Tayyor tuzilma - Bo'limlar jadvali va har bir o'quvchi uchun alohida variant avtomatik shakllanadi.
Titullar avtomatik - Milliy sertifikat javob varaqalari ham kamera orqali tekshiriladi.
Testchi ilovasi titulni kamera orqali tekshirmoqda va natija ro'yxati

Titulni telefon kamerasida tekshirish

Kamerani javob varaqasiga qarating — Testchi ilovasi belgilangan javoblarni aniqlaydi va ballni o'zi hisoblaydi.

Telefonning o'zida - Tanib olish qurilmada bajariladi, ball bir necha soniyada chiqadi.
Ikkala varaq turi - Oddiy titullar ham, Milliy sertifikat varaqalari ham tekshiriladi.
Natija kabinetda - Tekshirilgan varaq o'quvchi va guruh tahliliga avtomatik tushadi.
Google Play
Test kitobi

Sun'iy intellekt yordamida test savollari yaratish

Sun'iy intellekt yordamida yuklangan materiallardan mavzu va qiyinlik darajasiga mos test savollarini avtomatik generatsiya qiling.

Tez va samarali - Bir necha soniya ichida sifatli test savollarini yarating.
Mavzu va qiyinlik darajasi - O'quv dasturiga va qiyinlik darajasiga mos ravishda testlarni sozlang.
Sifatli va aniq testlar - Fanlar bo'yicha to'g'ri tuzilgan savollarni yarating.
Word faylidan savollarni import qilish

Word faylni import qilish

Tayyor savollaringizni qaytadan termang: .docx faylni yuklang — savollar, variantlar va to'g'ri javoblar bazaga o'zi joylashadi.

Oddiy format - Savollar # bilan, variantlar A) B) C) D) ko'rinishida, to'g'ri javob + bilan belgilanadi.
Formulalar saqlanadi - LaTeX formulalari va savol rasmlari o'z joyida qoladi.
PDF'dan Word'ga - PDF hujjatni tahrirlanadigan Word fayliga o'girib, so'ng import qiling.
Test kitobi

Onlayn test topshirish imkoniyati

Endi siz har qanday qurilmada, istalgan joydan onlayn testlarni qulay tarzda topshirishingiz va natijalarni darhol bilib olishingiz mumkin.

Qulay va tezkor - Telefon, planshet yoki kompyuter orqali testlarni topshiring.
Tezkor natijalar - Test yakunlangan zahoti natijalaringizni ko'ring.
Server taymeri - Vaqt serverda hisoblanadi: sahifani yangilash yoki telefondagi soatni o'zgartirish vaqt qo'shmaydi.
Avtosaqlash - Har bir javob darhol saqlanadi — sahifa yangilansa yoki brauzer yopilsa ham yo'qolmaydi.
Oyna nazorati - O'qituvchi yoqsa, boshqa oynaga o'tishlar qayd etiladi va belgilangan limitdan keyin test to'xtaydi.

Interaktiv hisobotlar va tahlillar

Endi natijalar oddiy raqamlar emas – ular vizual va interaktiv hisobotlar shaklida taqdim etiladi. Har bir o'quvchining kuchli va zaif tomonlarini aniq aniqlash imkoniyati mavjud!

Kuchli va zaif tomonlarni aniqlash - Har bir o'quvchining qaysi mavzuda yaxshiroq yoki qaysi mavzuda qo'shimcha mashg'ulot kerakligini bilib oling.
O'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun muhim vosita - Individual yondashuv orqali ta'lim sifatini oshirish.
Natijalarga asoslangan qaror qabul qilish - Ta'lim strategiyasini optimallashtirish uchun real vaqt rejimida tahlillar.
Oyma-oy hisobotlar - «Oylik hisobot»da guruh natijalarini ikki oy kesimida solishtiring: kimning o'zlashtirishi o'sgan, kimniki pasaygan.
Test kitobi
Test kitobi

Guruhlar va o'quvchilar bazasi

Endi har bir o'quvchi va guruhning ma'lumotlarini alohida saqlash yoki kuzatib borish uchun vaqt sarflash shart emas! Elektron o'quvchilar bazasi orqali barcha jarayonlarni raqamli boshqaring..

Markazlashgan o'quvchilar bazasi - Barcha o'quvchilarning ma'lumotlari yagona tizimda saqlanadi.
Natijalarni real vaqt rejimida kuzatish - O'quvchilarning test natijalari va o'zlashtirish darajasini avtomatik qayd qilish.
Guruhlarni qulay boshqarish - Turli fanlar va kurslar uchun alohida guruhlar yaratish imkoniyati.
Taklif havolasi orqali qo'shilish - Havolani yuboring, o'quvchilar guruhga o'zlari qo'shiladi: ro'yxatni qo'lda yoki Excel'dan kiritish shart emas.

Bizning tariflarimiz

Boshlang'ich tarifi

  • 1 variant = 1 kredit Test kitobchasini yaratish
  • 1 o'quvchi = 1 kredit Onlayn test o'tkazish
  • 1 varaq = 1 kredit Oddiy test titulini tekshirish
  • 1 savol = 1 kredit Sun'iy intellekt yordamida test savollarini yaratish
  • 1 sahifa = 1 kredit PDFdan Wordga o'tkazish
  • 50 Guruh va o'quvchilar bazasi
  • Testlarni ulashish
  • Hisobotlar yaratish
  • Natijalarni ko'rish imkoniyati
  • Savollarni ko'chirish va ulashish
  • Xato savollarni tuzatish
  • Do'kon bo'limidan foydalanish
Bepul

Ro'yxatdan o'tganda 270 bonus kredit.

Obuna bo'lish

Asosiy tarifi

  • 1 variant = 1 kredit Test kitobchasini yaratish
  • 1 o'quvchi = 1 kredit Onlayn test o'tkazish
  • Cheksiz Oddiy test titulini tekshirish
  • 1 varaq = 3 kredit Milliy sertifikat titulini tekshirish
  • 1 savol = 1 kredit Sun'iy intellekt yordamida test savollarini yaratish
  • 1 sahifa = 1 kredit PDFdan Wordga o'tkazish
  • Cheksiz Guruh va o'quvchilar bazasi
  • Testlarni ulashish
  • Hisobotlar yaratish
  • Natijalarni ko'rish imkoniyati
  • Savollarni ko'chirish va ulashish
  • Xato savollarni tuzatish
  • Do'kon bo'limidan foydalanish
99 000 uzs/yil

Tarifga 250 kredit kiradi. Qo'shimcha 1 kredit = 100 so'm.

Obuna bo'lish

Korxona tarifi

  • Test savollari bazasini yaratish
  • Test kitobchasini yaratish
  • Testlarni ulashish
  • Titul tekshirish
  • Guruh va talabalar bazasi
  • Hisobotlar yaratish
  • Natijalarni ko'rish imkoniyati
  • Savollarni ko'chirish va ulashish
  • Xato savollarni tuzatish
  • Do'kon bo'limidan foydalanish
  • Onlayn test yaratish
  • Su'niy intellekt yordamida savollar
  • PDF dan Wordga o'tkazish
  • API integratsiya
  • Shaxsiylashtirilgan brending
  • Maxsus qo'llab-quvvatlash
Kelishiladi
Bog'lanish

Biz haqimizda izohlar

Tez-tez beriladigan savollar

1-Savol: Test topshiriqlari kitobi nima?
Javob: Test topshiriqlari kitobi belgilangan fanlar majmuasi bo'yicha test topshiriqlarini o'z ichiga olgan savollar to'plami.
2-Savol: Javoblar varaqasi nima?
Javob: Javoblar varaqasi bu test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo'ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.
3-Savol: Kredit nima va u qanday sarflanadi?
Javob: Kredit — platformadagi amallar uchun hisob birligi: test kitobchasining 1 varianti, onlayn test topshirgan 1 o'quvchi, tekshirilgan 1 titul varaqasi, sun'iy intellekt yaratgan 1 savol va Wordga o'girilgan 1 PDF sahifa. Har bir xizmatning narxi tarif kartasida ochiq ko'rsatilgan; ro'yxatdan o'tganda bonus kredit beriladi, keyinchalik kabinetdagi «Tariflar» bo'limidan to'ldiriladi.
4-Savol: Word fayl import qilinmayapti — nima xato bo'lishi mumkin?
Javob: Ko'p uchraydigan sabablar: fayl .docx emas (eski .doc qo'llab-quvvatlanmaydi), hajmi 15 MB dan katta, savol oldida # belgisi yo'q yoki to'g'ri javob + bilan belgilanmagan. Variantlar A) B) C) D) ko'rinishida, 2 tadan 5 tagacha bo'lishi kerak. Formulalar Wordning o'z formula muharririda yozilgan bo'lsin — rasm ko'rinishidagi formulalar matn sifatida o'qilmaydi. Import qilingan savollar darhol saqlanmaydi: ro'yxatni ko'rib chiqib, tuzatib, so'ng saqlaysiz.
5-Savol: Ilova titulni o'qimayapti, nima qilish kerak?
Javob: Varaqni tekis yuzaga qo'ying va kamerani shunday tuting-ki, varaqning to'rt burchagidagi belgilar ramka ichiga tushsin — ularning hammasi yashil bo'lganda surat olinadi. Yorug'lik bir tekis bo'lsin, soya va yaltirash tushmasin. Javoblar to'q qalam yoki ruchka bilan to'liq bo'yalgan bo'lishi kerak. Agar ball noto'g'ri chiqsa, avval javoblar kalitini tekshiring: kalit tuzatilgach, varaqlarni qayta skanerlash kifoya.
6-Savol: Onlayn testda internet uzilsa, o'quvchining javoblari yo'qoladimi?
Javob: Yo'q. Har bir javob darhol saqlanadi va qurilmada ham qoladi: sahifa yangilansa yoki brauzer yopilib qayta ochilsa, o'quvchi to'xtagan joyidan davom etadi. Vaqt serverda hisoblanadi — sahifani yangilash yoki telefondagi soatni o'zgartirish qo'shimcha vaqt bermaydi.
7-Savol: O'quvchilarni guruhga qanday qo'shaman?
Javob: Uch yo'l bor: taklif havolasini yuborasiz va o'quvchilar o'zlari qo'shiladi; ro'yxatni Excel (CSV) faylidan yuklaysiz; yoki har birini qo'lda kiritasiz. Taklif havolasini istalgan vaqtda yopib qo'yish mumkin. O'quvchilar soni tarifdagi limitga bog'liq — limit to'lganda yangi o'quvchi qo'shilmaydi.